Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistondagi harbiy bazaga hujumda xavfsizlik kuchlarining 40 xodimi halok bo‘ldi
Afg‘oniston janubidagi Gilmand viloyatida joylashgan harbiy bazaga jangarilar hujumi oqibatida xavfsizlik kuchlarining kamida 40 xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda 215-armiya korpusi “Mayvand” vakillariga iqtibos keltirgan holda TOLO News telekanali ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, hujum qaytarilgan. Xavfsizlik kuchlari 20 jangarini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Avvalroq telekanal bir guruh jangarilar harbiy bazaga hujum qilganini ma'lum qilgan. Hujum 1 mart kuni erta tongda boshlangan. Hujumda kamida 27 jangari, jumladan 7 xudkush ishtirok etgan. “Pajvak” axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, hujumni “Tolibon” jangarilari amalga oshirgan.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025