Jamiyat | 10:09 / 01.03.2019
9314
1 daqiqa o‘qiladi

«Navoiyazot»dagi qurilish obektidan 14 ming dollarlik metall quvurlarni o‘g‘irlab ketishdi

Illyustrativ foto

2019 yil 18 fevral kuni Navoiy shahridagi “Navoiyazot” AJda faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish korxonasi rahbariyati IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

U shu yil 13 fevralga o‘tar kechasi noma'lum shaxs qurilish obekti omborxonasining temir to‘sig‘ini buzib kirib, u yerdan umumiy qiymati 14 592 AQSh dollari bo‘lgan 38 dona zanglamas metall quvurlarini o‘g‘irlab ketganligini ko‘rsatgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Karmana tumani Xonchorbog‘ mahallasida yashovchi J.X. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid