«Valensiya» Ispaniya kubogi finaliga chiqdi
«Valensiya» Ispaniya kubogi yarim finalining javob uchrashuvida «Betis»ni qabul qilib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va finalda «Barselona»ga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi. «Betis» maydonidagi dastlabki bahs 2:2 hisobida yakun topgandi.
«Mestalya»dagi o‘yin taqdirini 56-daqiqada Rodrigo tomonidan urilgan yagona gol hal etdi. Unga birinchi o‘yinning 90+2-daqiqasida gol urib, jamoani mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan Kevin Gameyro assistentlik qildi.
Final o‘yini 25 may kuni Sevilyadagi «Benito Villamarin» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Ma'lumot uchun, «Barselona» 40 marta Ispaniya kubogi finaligacha yetib borgan bo‘lib, ularning 30tasida qo‘li baland kelgan. «Valensiya» esa hal qiluvchi bahsda 16 marta maydonga tushib, ularning 7tasini o‘z foydasiga hal etgan. Valensiyaliklar oxirgi marta 2008 yilda mamlakat kubogi finalida o‘ynashgandi.
Ispaniya kubogi
1/2 final, javob uchrashuvi
Valensiya – Betis 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 56 Rodrigo.
Valensiya – Domenek, Gabriel, Gayya, Pichchini, Ronkalya, Vass (Soler, 75), Parexo, Koklen, Gedesh, Gameyro (Diakabi, 85), Rodrigo (Cheryshev, 68).
Betis – Robles, Sidney (Feddal, 84), Mandi, Bartra, Lo Chelso, Kanales, Guardado (Telo, 79), Vilyam Karvalyu, Xese, Gerrero (Moron, 65), Sanches.
Birinchi o‘yin: 2:2
Mavzuga oid
15:59 / 03.11.2024
Ispaniyada asrning eng vayronkor toshqini. To‘rt kun o‘tib yana nimalar ma’lum?
22:11 / 02.11.2024
Ispaniyada suv toshqinlari: yana 10 ming kishi tabiiy ofat yuz bergan hududga yuboriladi
17:54 / 31.10.2024
Ispaniyadagi suv toshqini oqibatlari - fotosuratlar
13:12 / 30.04.2024