Jahon | 08:03 / 02.03.2019
5960
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Maduro bilan aloqador 49 kishining vizasini bekor qildi

Foto: RIA Novosti

AQSh Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga aloqadorlikda ayblangan 49 kishining vizalarini bekor qildi. Bu haqda RIA «Novosti» Davlat departamenti bayonotiga asosan xabar bermoqda.

Idoradan ma'lum qilishlaricha, «Maduro amaldorlari va ularning oilalariga» nisbatan bunday siyosatni qo‘llash davom ettiriladi.

Davlat departamenti bu shaxslarni Venesuelada inson huquqlarini buzish va demokratiyaga putur yetkazishda aybladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh va Venesuela BMTda Guaydo bo‘yicha bahslashib ketgandi.

Xususan, AQShning Venesuela bo‘yicha maxsus vakili Elliot Abrams, agar muxolifat yetakchisi Xuan Guaydo Kolumbiyadan qaytgach ta'qib etilsa, Venesuela hukumatiga «global javob» bilan tahdid qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid