Foto: O‘zbekiston harbiylari tog‘da qator murakkab mashqlarni bajardi
Mudofaa vazirligi tog‘ tayyorgarligi o‘quv mashqlari markazida navbatdagi 45 kunlik o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Yig‘inning 70-80 foizi amaliy mashg‘ulotlardan iborat bo‘lib, o‘ta murakkab mashqlar real vaziyatlarga yaqinlashtirilgan holda olib borildi. Bu haqda Kun.uz’ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ob-havo injiqliklari Ugom-Chotqol tog‘ tizmasida o‘tkazilgan amaliy mashqlarga yana ham noqulay holatlarni keltirdi. Kunduzi harorat 4-6 daraja sovuq, tungi paytlarda esa 20 gradusgacha pasaydi. Ana shunday ob-havo sharoiti, buning ustiga tizzadan oshadigan qorda harakatlanish harbiy xizmatchilarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligini tekshirish uchun jiddiy sinovga aylandi.
Mashg‘ulotlar davomida harbiy xizmatchilar chang‘i va otish tayyorgarligi, tog‘li hududda daryo, jarlik, qoyalar va shu kabi to‘siqlardan oshib o‘tishda bir qator usul va uslublardan foydalanishdi. Yig‘in davomida ular tabiiy tog‘ to‘siqlaridan o‘tish mashqini bajardi.
Dengiz sathidan 2500-3000 metr balandlikdagi tog‘ cho‘qqilarida shartli qurollangan jangarilar guruhini aniqlash va yo‘q qilish mavzusida taktik o‘quvlari o‘tkazildi.
Ushbu mashg‘ulotlar bo‘linmalar o‘rtasida hamkorlikni ta'minlash, harbiy xizmatchilarning o‘ta murakkab vaziyatlarda yashovchanlik ko‘nikmalari hamda jangovar shayligini muntazam oshirib borishga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
12:50 / 17.09.2024
RF Tergov qo‘mitasi Mudofaa vazirligi mansabdorlariga qarshi yangi ish ochdi
13:46 / 10.09.2024
Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga kontrakt bo‘yicha xizmatga saralash tartibi o‘zgardi
10:15 / 31.08.2024
Kursk viloyati mudofaasiga mahalliy aholi jalb qilinadi
13:35 / 26.08.2024