Jahon | 17:44 / 03.03.2019
7826
1 daqiqa o‘qiladi

Netanyaxu Eron va uning ittifoqchilarini Yaqin Sharq uchun eng katta tahdid deb atadi

Foto: RIA Novosti / Grigoriy Sysoyev

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Rossiya prezidenti bilan uchrashuvda Yaqin Sharq uchun eng katta tahdid Eron va uning ittifoqchilari ekanligini aytdi.

"Mintaqadagi barqarorlik va xavfsizlik uchun eng katta tahdid Eron va uning ittifoqchilari", - dedi Netanyaxu Moskvada "Rossiya 1" telekanalining "Moskva. Kreml. Putin" teledasturida.

Netanyaxu Eronga qarshi bo‘lganlar tarafdorlaridan biri hisoblanadi. U keyingi yillar davomida "atom kelishuvi" qayta ko‘rib chiqilishiga, Eronga nisbatan xalqaro bosimning tiklanishiga erishdi.Isroil qo‘shinlari uning rahbarligida Suriyada Eron kuchlariga qarshi turibdi.

Avvalroq Binyamin Netanyaxu Eronga qarshi bor kuchi bilan kurashishga va'da bergandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid