Lyuksemburg tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keladi

Foto: Luxembourg Herald
2019 yilning 6 mart kuni Lyuksemburg Buyuk Gersogligining tashqi va Yevropa ishlari vaziri Jan Asselborn boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
TIV xabariga ko‘ra, tashrif dasturidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida muzokaralar o‘tkaziladi va tomonlarni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha o‘zaro munosabatlarni kengaytirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Tashrif doirasida Havo qatnovi bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu xususan Lyuksemburgning «Cargolux» aviakompaniyasi tomonidan 2020 yildan e'tiboran Osiyo mamlakatlariga tranzit orqali tashish uchun «Navoiy» transport markazidan foydalanish rejalari bilan bog‘liqdir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston elchisi Lyuksemburg Buyuk gersogiga ishonch yorliqlarini topshirgandi.
Mavzuga oid

21:08 / 09.01.2025
G‘ayrat Fozilov Lyuksemburg valiahd Buyuk gersogiga ishonch yorliqlarini topshirdi

22:14 / 25.12.2024
Lyuksemburg gersogi keyingi yil taxtdan voz kechmoqchi ekanini ma’lum qildi

11:30 / 15.08.2024
Fridman Lyuksemburgdan 16 mlrd dollar talab qilyapti

07:55 / 23.05.2024