O‘zbekiston | 09:53 / 04.03.2019
5633
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda avtomobillar hisobini yuritish yagona elektron tizimi yaratiladi

Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi mas'ul xodimlari Uzcard kompaniyasi vakillari bilan uchrashdilar. Vazirlik tomonidan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyihalar bo‘yicha g‘oyalar taklif etildi.

Xususan, avtomobil transportining xavfsizligini ta'minlovchi innovatsion usullarni joriy etish bo‘yicha loyiha taqdim etildi. Mazkur loyihaga ko‘ra benzinda yuruvchi va gaz ballonli transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobini yuritish yagona elektron tizimini (blokcheyn texnologiyasini qo‘llagan holda) yaratish nazarda tutilgan.
 
O‘z navbatida, Uzcard kompaniyasi vakillari taklif etilgan loyihaga texnik topshiriq tuzishga talab qo‘yadigan asosiy buyurtmachini aniqlangan taqdirda dasturiy ta'minotni ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdilar.
 
Shuningdek, uchrashuvda tez sur'atlarda rivojlanib borayotgan elektromobil sohasi uchun yo‘l-transport infratuzilmasini takomillashtirish, samarali ekotizimni yaratish va uni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
 
Muhokamalar yakuniga ko‘ra tomonlar transport infratuzilmasini rivojlantirish, mazkur yo‘nalishdagi samarali ekotizimni yaratish, transport sohasida xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha hamkorlik haqida kelishdilar, deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid