Jahon | 22:35 / 04.03.2019
5571
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston Yevropa Ittifoqiga transport yo‘lagi yaratilishida ishtirok etadi 

Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov Ozarboyjon, Gruziya va Ruminiya tashqi ishlar vazirlarining “Kaspiy dengizi – Qora dengiz” xalqaro transport yo‘lagi yaratish loyihasiga bag‘ishlangan maxsus uchrashuvida ishtirok etdi.   

Buxarestda o‘tayotgan muzokaralar davomida tashqi ishlar vazirlari Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni rivojlantirish doirasida Turkmanboshi, Boku, Poti, Batumi va Konstans portlari orqali yuk tashishlar hajmini oshirish bo‘yicha choralarga taalluqli masalalarni muhokama qilishgan. 

Uchrashuv natijalariga ko‘ra 4 ta davlat vakillari ushbu transport-logistik loyihani amalga oshirishga tayyorlash bilan shug‘ullanadigan ishchi komissiyani tashkil etishni ko‘zda tutuvchi Buxarest deklaratsiyasini imzolashdi.

Avvalroq Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov Ashxobod Yevropa Ittifoqi davlatlariga o‘z tabiiy gazini yetkazishi mumkin bo‘ladigan Transkaspiy gaz quvurini qurishdan manfaatdor ekanligini bir necha marta aytgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid