Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xonadon eshigini buzib kirib, 4,7 mln so‘m pulni o‘g‘irlagan ayol ushlandi
2019 yil 27 fevral kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida noma'lum shaxs Sharq Yulduzi mahallasi Qorasuv qishlog‘ida yashovchi T.B.ning uyi eshigini buzib kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u xonadan 4 700 000 so‘m pulni o‘g‘irlab ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Sharq Yulduzi mahallasida yashovchi L.P. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
17:32 / 29.04.2025
Sariosiyo aeroporti birinchi texnik reysni qabul qildi
20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
14:35 / 15.03.2025
Peruda pul o‘g‘irlagan maymun politsiya tomonidan qo‘lga olindi
16:29 / 06.03.2025