Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp 2014 yil Ukrainadagi vaziyat sababli Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalarning amal qilish muddatini yana bir yilga uzaytirdi. Tegishli farmon Oq uy saytida e'lon qilingan.
Farmonda sanksiyalar AQSh milliy xavfsizligi manfaatlari va tashqi siyosatiga favqulodda xavflar mavjudligi sababli uzaytirilayotgani ta'kidlab o‘tilgan.
Qarorda Ukrainadagi demokratik jarayonlar va institutlarga putur yetkazayotgan shaxslarga nisbatan sanksiyalar haqida gapirilgan. Jumladan, sanksiyalar rossiyalik siyosatchilarni, Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichning atrofidagilarni qamrab oladi. Shuningdek, sanksiyalar Rossiya korxonalari va o‘z mustaqilligini e'lon qilgan DXR va LXRga qarshi amal qiladi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025