Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada ish haqini ololmagani uchun beshta uyni buzib tashlagan quruvchi to‘rt yilga qamaldi
Buyuk Britaniyaning Bantingford shahrida ekskvatorda beshta uyni buzib tashlagan ruminiyalik quruvchi Deniyel Nigu to‘rt yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qurilish kompaniyasi unga 16 ming funt miqdoridagi ish haqini bermagan.
Voqea o‘tgan yilning avgustida yuz bergan. 30 yoshli Deniyel Nigu yangi qurilgan uylar oldiga ekskavatorda kelgan va beshta binoni buzib tashlagan. Uning bu harakati videotasvirga tushgan. Mahalliy aholi uni to‘xtatishga uringan. U esa qurgani uchun puli to‘lanmagan uylarni buzayotganini aytgan.
Sudya uning qilmishini «oldindan rejalashtirilgan buzg‘unchilik» deb baholagan.
Fevralda Nigu o‘z aybiga iqror bo‘lgan. Qurilish kompaniyasining bildirishicha, har bir uyning narxi 800 ming funtga teng bo‘lgan. Kompaniya ushbu uylar egalari «bir necha oydan keyin» ko‘chib kirishlari mumkinligini bildirgan.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025