Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston Pokistonga dori ishlab chiqarishda qo‘llanadigan xomashyoni eksport qilishni taqiqladi
Hindiston hukumati Pokistonga dori ishlab chiqarishda qo‘llanadigan materiallarni eksport qilishni noma'lum muddatga taqiqladi.
Pokistonning Samaa TV telekanalining xabar berishicha, Hindistondan Pokistonga xomashyo olib chiqilishining taqiqlanishi Pokiston farmatsevtika sanoatiga yaqin 10 kun ichida o‘z ta'sirini ko‘rsatishi mumkin. Pokiston farmatsevtika uyushmasining ma'lum qilishicha, Pokistonda dori ishlab chiqarilishida qo‘llanadigan xomashyoning 40-50 foizi Hindistondan import qilinadi. Pokiston hukumati xomashyo yetkazib beruvchi yangi hamkorlarni topishni buyurgan bo‘lsa-da, importning bunday katta diversifikatsiyasi butun tarmoqqa kuchli zarba berishi mumkin.
Oxirgi kunlarda Hindiston va Pokiston o‘rtasida keskinlik yangi kuch bilan avj olmoqda.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 24.05.2025