Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muhammad Javod Zarif Bashar Asadning Eronga tashrifidan bexabar bo‘lgan
Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif Suriya prezidenti Bashar Asadning Tehronga tashrifi haqida avvaldan bilmagan. Bu haqda TIV matbuot kotibi Bahrom Qosimiy ISNA’ga aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda Reuters.
«Tashqi ishlar vazirligi hech qanday darajada ma'lumotga ega emas edi va bu nuqson tashrif oxirigacha davom etdi», - dedi u. Qosimiyning ma'lumotlariga ko‘ra, bunday muvofiqlikning yo‘qligi Zarifning iste'foga chiqish to‘g‘risidagi qarori sabablaridan biriga aylandi.
«Iste'fo xususiy, alohida masala emas edi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u. Uning ta'kidlashicha, bu vazirlik va, umuman, mamlakat diplomatik tizimini o‘z o‘rniga qaytarishga urinish edi.
Suriya prezidenti Bashar Asad 25 fevralda Eronga tashrif bilan keldi. U Eron prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uchrashdi. Ikki yetakchi ikki tomonlama munosabatlarni va Sochida Suriya bo‘yicha o‘tgan sammit natijalarini muhokama qilishgan. Asad, shuningdek, Tehronda Eronning oliy diniy yetakchisi oyatulloh Ali Homanaiy bilan uchrashgan.
Shu kuni Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif iste'foga chiqishini ma'lum qildi. Biroq, Hasan Ruhoniy uning iste'fosini qabul qilmadi.
Javod Zarif Eron tashqi ishlar vazirligiga 2013 yildan beri rahbarlik qilib keladi. Aynan u 2015 yilda Barak Obama prezidentligi vaqtida yadroviy bitimni imzolagan. Keyingi yillarda u jahon arenasidagi taniqli shaxslardan biriga aylangan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025