Sport | 22:03 / 05.03.2019
17105
2 daqiqa o‘qiladi

OChL. «Paxtakor» Erondan ochko bilan qaytadi

Osiyo Chempionlar Ligasida guruh bosqichi o‘yinlari davom etmoqda.

D guruhida «Paxtakor» safarda «Persepolis» bilan o‘ynadi. 5-daqiqadayoq toshkentliklar hisobni ochishdi. Cheranning zarbasidan so‘ng, to‘p darvoza ustuniga tegib qaytdi. Bikmayev esa uni bo‘sh qolgan darvozaga osonlikcha yo‘lladi. Bu vaziyatda o‘yindan tashqari holat bo‘lsa-da, qanot hakami buni payqamay qoldi.

25-daqiqada mezbonlar hisobni tenglashtirishdi. Budimir bir necha himoyachilarni aldab o‘tib, jarima maydoniga kirib keldi va kuchli zarba bilan darvozaning pastki burchagini aniq nishonga oldi.

Ikkinchi bo‘limda «Persepolis» bosim uyushtirishga harakat qildi, «Paxtakor» esa qarshi hujumlarda o‘ynadi. Ammo darvozalar dahlsizligi saqlanib qoldi.

Guruhning yana bir o‘yinida Al-Ahliy (Saudiya Arabistoni) va As-Sadd (Qatar) bellashadi. 

OChL, guruh bosqichi, 1-tur
D guruhi

5 mart, Tehron, «Ozodiy» stadioni
Persepolis (Eron) – Paxtakor (O‘zbekiston) 1:1
Gollar
: Budimir (25) – Bikmayev (5)
Persepolis: Beyranvand, Halilzoda, Husayniy, Resan, Nurullohiy, To‘robiy, Kamyabinia, Shiriy, Budimir, Nodiriy, Alipur
Paxtakor: Quvvatov, Sayfiyev, Krimets, A'zamov, Alijonov, Sobirxo‘jayev (Simich 85), Abdullayev, Hamdamov, Masharipov (Sidiqov 77), Cheran, Bikmayev (Sergeyev 60)
Ogohlantirishlar: Alijonov (20), Sayfiyev (22), To‘robiy (70)
Hakamlar: Adnan Muhammad Tuma, Ahmad Moannes Nadiy, Muhammad Mustafo Hasan (barchasi Iordaniya), Qosim Matar (Ummon).

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid