O‘zbekiston | 17:15 / 05.03.2019
68666
3 daqiqa o‘qiladi

Sevara Tursunova: Islom Abdug‘aniyevich birinchi bo‘lgan. Birinchi bo‘lish osonmas

Islom Karimov fondi telejurnalist Sevara Tursunovaning O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti haqidagi xotiralari hikoya qilingan videolavhani e'lon qildi. 

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

“Islom Abdug‘aniyevich birinchi bo‘lgan. Birinchi bo‘lish osonmas. Bu sapyor mina maydonida o‘z hayotini xatarga qo‘yib yurgani bilan barobar. “Islom Abdug‘aniyevich bu maydonni tozalab, biz uchun gullagan bog‘ qoldirdi”, deydi Sevara Tursunova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Islom Karimov samimiy, o‘z xalqini chin dildan sevgan inson bo‘lgan. 

“Farg‘ona viloyatiga safari chog‘ida Islom Abdug‘aniyevich paxta dalasiga tashrif buyurdi. U kishiga hosil haqida, qilingan ishlar haqida so‘zlab berishar, Islom Abdug‘aniyevich esa uzoq-uzoqlarga, besh-olti nafar ayol mehnat qilayotgan tarafga boqqanicha o‘ychan turardi. U viloyat rahbarining so‘zlariga e'tibor qilmasdan, ayollar tomon yurdi va ularga qo‘l silkitib yoniga chorladi. Ayollar u kishi bilan ko‘rishishdi, Islom aka ularning qo‘llariga qaradi va “Qo‘lingizga nima bo‘ldi?” dedi. U kishining ko‘zlari namlangan edi. Men u kishiga buni ko‘rish qanchalik og‘ir bo‘layotganini ko‘rdim”, deb eslaydi telejurnalist. 

Sevara Tursunovaning e'tiroficha, Islom Karimov xalq bilan muloqot qilishni judayam yoqtirgan. “U kishi har bir xorij safari oldidan viloyatlarga borib odamlar bilan uchrashardi. 

“Keyin esa samolyotda ketayotganimizda bizga “Xalq bilan suhbatlashish menga kuch beradi, minbarda turganimda ko‘z oldimda xalqim, ularning qiyofasi turadi, men xalqim nomidan chiqayotganimni, ularni himoya qilishim, hamma narsani ular uchun qilishim kerakligini bilib turaman” der edi, deb xotirlaydi Tursunova.

Sevara Tursunova ko‘p yillar davomida prezident Islom Karimovning matbuot anjumanlari, tashriflari va rasmiy uchrashuvlarini mamlakatning kechki axborot dasturi uchun yoritgan. 2011-2015 yillarda O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibining o‘rinbosari vazifasida ishlagan.

Mavzuga oid