Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ichki ishlar vazirligi huzurida Xavfsiz turizmni ta'minlash jamg‘armasi tashkil etiladi
2019 yil 1 apreldan boshlab yuridik shaxs tashkil etmagan holda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzurida Xavfsiz turizmni ta'minlash jamg‘armasi tashkil etiladi.
Bu O‘zbekiston Prezidentining “Transport va turizm obektlarida jamoat xavfsizligini ta'minlashning samarali tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.
Jamg‘armani shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilandi:
• O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga tushumlarning 10 foizi;
• xavfsiz turizmni ta'minlash bo‘linmalari xodimlari tomonidan tegishliligiga ko‘ra ularga taalluqli ma'muriy huquqbuzarliklarga doir ishlar bo‘yicha undirilgan jarimalar mablag‘lari;
• mazkur qarorga muvofiq xavfsiz turizmni ta'minlash bo‘linmalari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun kelib tushadigan mablag‘lar;
• xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari hamda qonunchilik bilan ta'qiqlanmagan boshqa manbalar.
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan:
• xavfsiz turizmni ta'minlash bo‘linmalari xodimlarining qo‘shimcha shtat birliklarini joriy qilish hamda turistik namoyishi va infratuzilmasi obektlarining soni hamda o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ushbu sohaga fuqarolarni shartnoma asosida jalb qilish;
• xavfsiz turizmni ta'minlash bo‘linmalari xodimlari uchun, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa qo‘shimcha haqlardan qat'i nazar, lavozim maoshining 100 foizigacha bo‘lgan miqdorda rag‘batlantiruvchi ustamalar joriy etish huquqi berildi.
Jamg‘arma mablag‘lari faqat quyidagilar uchun sarflanishi belgilab qo‘yildi:
• xavfsiz turizmni ta'minlash bo‘linmalarining xodimlarini rag‘batlantirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
• xavfsiz turizmni ta'minlash bo‘linmalari xodimlarining kasbiy tayyorgarligini oshirish, ular tomonidan ilg‘or xorijiy tajribani, shu jumladan xorijiy mamlakatlarga chiqish orqali o‘rganish bilan bog‘liq tadbirlarni tashkil etish;
• xavfsiz turizmni ta'minlash bo‘linmalari xodimlarining qo‘shimcha joriy etilgan va budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmaydigan shtat birliklarini hamda shartnoma asosida jalb qilingan fuqarolarni moliyalashtirish;
• xavfsiz turizmni ta'minlash sohasida ko‘rgazma va yarmarkalarni o‘tkazish, loyiha, dastur va boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
Mavzuga oid
11:33 / 19.03.2025
Germaniyada o‘zbek bolalariga tibbiy yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan jamg‘arma tashkil etildi
12:21 / 18.03.2025
Kambag‘allikni qisqartirish jamg‘armasining vazifalari belgilandi
15:50 / 17.03.2025
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi
15:18 / 06.03.2025