Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston Hindiston bilan ziddiyat fonida Olimpiadaning futbol turniri yo‘llanmasidan voz kechdi
Pokiston olimpiya terma jamoasi 22-26 mart kunlari Toshkentda o‘tadigan Osiyo chempionati saralash bahslarida ishtirok etmaydigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘FA.
Xabarda Pokiston tomonining ayni qarorga kelishi sabablari ko‘rsatilmagan, ammo buni saralashning «F» guruhida Hindiston OTJ ham o‘rin olgani bilan izohlash mumkin. So‘nggi vaqtlarda ushbu ikki mamlakat o‘rtasidagi harbiy-siyosiy taranglik keskinlashgan.
Guruhdan Pokiston va Hindistondan tashqari, Tojikiston va mezbon O‘zbekiston olimpiya termalari ham joy olgandi. Bir ishtirokchi kamayishi munosabati bilan musobaqa taqvimi quyidagicha ko‘rinish olgan:
22 mart, 17:00
O‘zbekiston - Hindiston
24 mart, 17:00
Tojikiston - Hindiston
26 mart, 17:00
O‘zbekiston - Tojikiston
Barcha uchrashuvlar «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi. Guruh g‘olibi, shuningdek, barcha guruhlarda eng yaxshi ko‘rsatkichga ega ikkinchi o‘rin sohiblaridan 4tasi 2020 yil yanvarida Tailandda o‘tadigan Osiyo chempionati final bosqichiga yo‘l oladi. Ushbu musobaqada eng yuqori o‘rinni olgan uchta terma jamoa Tokio Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lyubinko Drulovich boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya termasi dastlab Ispaniyada, so‘ng Turkiyada o‘tkazilgan xorij yig‘inlarini yakunlab, Toshkentga qaytib kelgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
21:17 / 24.05.2025
“Mudofaamizga yana tahdid yuzaga kelsa, jim o‘tirmaymiz” – Pokiston elchisi bilan suhbat
00:15 / 20.05.2025
Hindistonda Pokiston foydasiga josuslik qilishda gumonlangan 9 kishi ushlandi
22:12 / 15.05.2025
Pokiston va Hindiston sulhni 18 mayga qadar uzaytirdi
17:40 / 13.05.2025