Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreyada buzilishi va'da qilingan poligonda tiklash ishlari boshlangani ma'lum qilindi
Shimoliy Koreya hukumati mamlakat shimolidagi Soxe sinov raketa poligonining start maydonchasida tiklash ishlarini boshladi. Bu haqda Vashingtondagi Genri Stimson nomidagi markaz huzuridagi 38 North portali ma'lum qildi.
Mutaxassislar sun'iy yo‘ldoshlardan olingan suratlarni tahlil qilib, Shimoliy Koreyada raketa dvigatellarini sinashga mo‘ljallangan poligonda tiklash ishlari boshlangani haqidagi xulosa kelishgan. Ta'kidlanishicha, bu obektlarni tiklash ishlari 16 fevral va 2 mart oralig‘ida boshlangan. Mutaxassislarning aytishicha, Pxenyan tomonidan va'da qilingan demontaj poligonda 2018 yil avgustdan beri olib borilmayapti.
Start maydonchasi oldida ikkita yuk ko‘taruvchi kran o‘rnatilgan hamda yangi obekt barpo etilgan. Raketa dvigatellari sinaladigan poligonda ham ikkita kran va qurilish materiallari paydo bo‘lgan.
2018 yilda sayt Soxedagi obektlarni yo‘q qilish bo‘yicha real ishlar iyuldan avgust boshigacha olib borilganini, keyin esa poligon odatdagidek tartibda faoliyat yurita boshlaganini ma'lum qilgandi. Poligonni demontaj qilishga va'da Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya yetakchilarining 2018 yil sentyabrdagi uchrashuvi bo‘yicha qo‘shma hujjatda qayd qilingan bo‘lgan.
Tonchxan-ni tumanidagi Soxe sinov poligoni Xitoy chegarasi yaqinidagi qoyali hududda joylashgan. U Pxenyandan 200 km va Yonbyondagi yadro markazidan 70 km uzoqlikda joylashgan. 2016 yil 7 fevralda ushbu poligondan “Kvanmenson-4” sun'iy yo‘ldoshi bilan raketa uchirilgan. Biroq xorijiy mutaxassislarning fikricha, bu uzoq masofalarga mo‘ljallangan ballistik raketa sinovi bo‘lgan.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
13:00 / 06.05.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming mehnat muhojirini yubordi
22:44 / 04.05.2025
Kim Chen In Shimoliy Koreya tanklarini yangilash zarurligini ma’lum qildi
18:19 / 28.04.2025