Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda qalin tuman - samolyotlar zaxira aeroportlariga jo‘natilmoqda
Toshkent shahrida erta tongdan tushgan qalin tuman tufayli Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘nishi kerak bo‘lgan samolyotlar zaxira aeroportlariga yo‘l olishmoqda.
Jumladan, Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasining HY252 reys bilan Parij – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan Boeing 757 samolyoti Samarqand xalqaro aeroportiga, Turkish airlines aviakompaniyasining TK368 reys bilan Istanbul – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan Airbus A-330 samolyoti esa Navoiy xalqaro aeroportiga qo‘ndirilgan.
Toshkent shahrida ayni damda gorizontal ko‘rish chegarasi 150 metrni tashkil etmoqda.
Mavzuga oid
18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
14:19 / 01.05.2025
Urganch aeroporti Koreyaning Inchon aeroporti bilan sheriklikda boshqariladi
17:32 / 29.04.2025