Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Kim Markaziy Osiyodagi eng boy odamga aylandi
Forbes'ning yangilangan reytingiga ko‘ra, rangli va qimmatbaho metallarni qazib olish hamda qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi KAZ Minerals’ning yirik aksiyadori Vladimir Kim Qozog‘istonning eng boy odamiga aylandi.
Jurnal Kimning boyligini 4,5 milliard dollarga baholadi, bu unga dunyoda 424-o‘rinni va ham Qozog‘iston, ham Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egallash imkonini berdi.
90-yillarda Vladimir Kim texnika fanlari nomzodi, biznes va ma'muriy boshqaruv bo‘yicha falsafa doktori unvonini AQShda olgan. «Jyezkazgansvetmet» AJda ishlagan.
2005 yilda, keyinchalik London fond birjasida Qozog‘istonning birinchi kompaniyasiga aylangan «Kazaxmis» rahbariga aylandi. 2014 yilda kompaniya o‘z nomini KAZ Minerals’ga o‘zgartirdi.
2013 yilda kompaniya direktorlar kengashi raisi lavozimidan ketdi, ammo ijrochi direktor sifatida o‘z o‘rnini saqlab qoldi hamda asosiy aksiyadorga aylandi.
2018 yilda Kimning boyligi 3,1 milliard dollarga baholangan (766-o‘rin). Shu tariqa, bir yil mobaynida tadbirkorning puli, Forbes ma'lumotlariga ko‘ra, 1,4 milliard dollarga ortdi.
O‘tgan yili Qozog‘istonning eng badavlat kishisi bo‘lgan Timur Kulibayev bu yil 3,1 mlrd dollar bilan uchinchi o‘rinda joylashgan. Ikkinchi pog‘onani sarmoyador Bulat Utemuratov egalladi, uning boyligi 2,6 milliard dollardan 3,4 milliard dollargacha ko‘tarildi.
Reytingda ulardan tashqari mamlakat prezidentining qizi Dinara Kulibayeva (3,1 milliard dollar) va tadbirkor Alijon Ibragimov (2,3 milliard dollar) bor.
Mavzuga oid
20:26 / 01.04.2025
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan
12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
21:03 / 27.02.2025