Light | 15:58 / 07.03.2019
20439
2 daqiqa o‘qiladi

Bora Bora uylarida nima bor? 

Tinch okeanidagi Bora Bora oroli jannatmakon joy sanaladi. Suvning ustida qurilgan uylar odamni bir qarashdayoq o‘ziga mahliyo qiladi. Biroq ularning ichida nima bor? Ularning ichi ham tashqarisi kabi soddami?

Albatta, turli uylar bor, ayrimlarining ichida hatto hovuz ham bor (bir tomondan u nimaga kerak, axir atrofda shunday go‘zallik turganida). “Bortdagi” standart qulayliklarga ega odatiy uyni ko‘zdan kechiramiz. Yaqinroqdan nazar solinsa, u quyidagi ko‘rinishda:

Uylarning devori yog‘ochdan, bir vaqtning o‘zida qulay plastik derazalar ham o‘rnatilgan. Bu uyqu vaqtida suv shovqini xalaqit qiladigan kishilar uchun zarur. Tom faqat uzoqdan somondan ishlangan bo‘lib ko‘rinadi. Aslida bu dekorativ qism bo‘lib, u ham asosan yog‘ochdan ishlangan.

Ichida nima borligini bilish uchun «hordiq uchun stol va karavotdan tashqari yana nima kerak?» degan savolga javob topish kerak. Ha, eng oddiy uylarda boshqa hech narsa yo‘q.
Agar xonaning narigi boshida televizor yoki boshqa zamonaviy qurilmalar mavjud deb o‘ylasangiz, xato qilasiz. Dunyoning narigi chekkasida dam olayotganda sivilizatsiya izlari bo‘lmasligi bir hisobdan juda to‘g‘ri.

Eng asosiy savol – bunday uy qancha turadi?

Mavsumga qarab, bunday uy sutkasiga 10 mingdan 30 ming dollargacha bo‘ladi. Qimmat albatta, biroq okeandagi uy jannatmonand va uning uchun pul to‘lashga to‘g‘ri keladi.

Mavzuga oid