Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an S-500 majmualari sotib olinishi mumkinligini aytdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiya bilan S-500 raketa majmualarini sotib olish bo‘yicha bitim tuzilishi mumkinligini ma'lum qildi.
Erdo‘g‘an S-400 bo‘yicha bitim yakunlangani va bu masalada orqaga bir qadam ham qaytilmasligini qo‘shimcha qilgan.
“Kredit shartlaridan tortib birgalikda ishlab chiqarishgacha barchasi gaplashib, kelishib bo‘lingan, imzolar qo‘yilgan, ortga qadam tashlash bo‘lmaydi. Bu beadablik bo‘ladi. S-400’ning ilk partiyasini iyulda olishimizga umid qilaman”, deb aytgan Erdo‘g‘an 24 TV telekanali efirida.
6 mart kuni AQSh davlat departamenti Turkiya tomonidan S-400’ning sotib olinishi unga ilg‘or texnologiyalar berishdan voz kechish, uning AQShning beshinchi avloddagi F-35 samolyotlarini yaratish dasturidagi ishtiroki to‘xtatilishi va sanksiyalarga olib kelishini ma'lum qilgan.
Erdo‘g‘an Turkiya AQShdan Patriot zenit-raketa majmualarini sotib olishni Barak Obama prezidentligi vaqtidayoq muhokama qilganini ta'kidlab o‘tgan.
“Hurmatli Tramp bilan ham muhokama qilganmiz. Biz ularga “bera olsangiz – bering” deganmiz. Birgalikda ishlab chiqarish, texnologiyalar berilishi – qat'iy shartlar. Unda go‘yoki “Biz senga beramiz, biroq kalit bizda bo‘ladi” qabilida bo‘ladi. Uzr so‘rayman, bunaqasi ketmaydi”, deb qo‘shimcha qilgan Turkiya prezidenti.
2017 yilda S-400 majmualarining yetkazilishi bo‘yicha tuzilgan bitim Anqara va Vashington o‘rtasidagi diplomatik ziddiyatlarga sabab bo‘lgan. AQSh Turkiyadan S-400’lardan voz kechishni talab qilmoqda.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025