Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChL. "MYu" 92-daqiqada urilgan gol evaziga "PSJ"ni yengib, chorakfinalga chiqdi
Chempionlar ligasi 1/8 finali javob o‘yinida yana bir sensatsiya yuz berdi.
O‘z maydonida o‘tgan ilk uchrashuvda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan "Manchester Yunayted" safarda "PSJ" bilan kuch sinashdi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 1:3 hisobida manchesterliklar g‘alabasi bilan yakunlandi.
Parijliklar safidagi yagona gol Bernat tomonidan kiritildi. Mehmonlar tarkibida Lukaku dublga erishdi, jamoani keyingi bosqichga olib chiqqan gol 92-daqiqada Reshfordning penaltidan unumli foydalanishi oqibatida qo‘lga kiritildi. Shu tariqa, "MYu" ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, chorakfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
PSJ – Manchester Yunayted 1:3
Gollar: 0:1 – 2 Lukaku, 1:1 – 12 Bernat, 1:2 – 30 Lukaku, 1:3 – 90, penalti Reshford.
PSJ – Buffon, Kimpembe, Tiago Silva, Markinos, Dani Alves (Kavani, 90), Di Mariya, Verratti, Kerer (Paredes, 70), Draksler (Mene, 70), Bernat, Mbappe.
Manchester Yunayted – De Xea, Bayi (Diogu Dalot, 36), Lindelef, Shou, Smolling, Maktomini, Fred, Pereyra (Chong, 80), Yang (Grinvud, 87), Lukaku, Reshford.
Ogohlantirishlar: Di Mariya (34), Paredes (75), Shou (90).
Ilk uchrashuv: 2:0
Mavzuga oid
12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi
15:13 / 21.05.2025
«MYu» yoki «Tottenhem»: ikkinchi darajali yevrokubok kimga ko‘proq kerak?
02:17 / 08.05.2025
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
18:52 / 01.05.2025