Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijondagi barcha tumanlarda qishloq xo‘jaligi sohasidagi xotin-qizlar uchun bayram tadbirlari uyushtirildi
Andijonda Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan munis ayollarimiz bayramiga bag‘ishlangan ko‘plab tadbirlar tashkil etildi. Ko‘ngli yarim, mehrga muhtojlar holidan xabarlar olindi.

Ma'lumki, barcha sohalar singari qishloq xo‘jaligida ham ko‘plab ayollar faoliyat olib boradilar. Andijonning barcha tumanlarida hududdagi fermer xo‘jaligi yetakchilarining ayollariga, fermer ayollarga va fermer xo‘jaliklarida ishlovchi xotin-qizlarga alohida bayram dasturxonlari bezatildi. Tuman markazlarida ayollar o‘rtasida turli tadbirlar, sport musobaqalari tashkil etildi.

Oltinko‘l, Andijon, Paxtaobod tumanlarida o‘tkazilgan bayram tantanalarida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etib, ayollarni bahor ayyomi bilan tabrikladi. Barcha bayram ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari topshirildi.





KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov,
Andijon
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025