Jahon | 09:21 / 08.03.2019
4115
1 daqiqa o‘qiladi

Berluskoni yana korrupsiyaga aloqadorlikda gumonlanmoqda

Foto: AFP 2019 / ANDREAS SOLARO

Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni yana mamlakatdagi eng yuqori nazorat qiluvchi organlardan biridagi korrupsiya bo‘yicha ish yuzasidan gumonlanuvchi sifatida sud oldida javob berishi mumkin. Bu haqda Italiyaning Agi agentligi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, Berluskoni gumonlanuvchilar ro‘yxatiga boshqaruv sohasida qonunchilikni muhofaza qilish masalalari bilan shug‘ullanuvchi Italiya Davlat kengashining qarorini shubhali deb topgan Rim prokuraturasi tomonidan kiritilgan. 

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, 2016 yil mart oyida Davlat kengashi sudning sobiq bosh vazir o‘ziga tegishli Mediolanum bankining 9,99 foiz aksiyalarini taxminan 1 mlrd yevroga topshirishi kerakligi bo‘yicha qarorini bekor qilgan. Prokuraturaning fikricha, bu qaror korrupsiyaga aloqador bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Silvio Berluskoni sobiq kotibasidan 3 million yevro miqdorida meros olgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid