Jahon | 20:38 / 08.03.2019
3218
1 daqiqa o‘qiladi

BMT Kolumbiyada venesuelalik qochqinlarni qabul qilish markazini ochdi

Foto: Reuters

BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi Kolumbiyada venesuelalik qochqinlarni qabul qiluvchi ilk markazni ochdi. Bu haqda boshqarma vakili Andrey Maxechich 8 mart kuni ma'lum qildi.    

Markaz 350 kishiga mo‘ljallangan, biroq kelgusida uning sig‘imdorligini oshirish rejalashtirilgan.  

Markaz chegaradagi Maykao shahrida joylashgan bo‘lib, bu yerda venesuelalik muhojirlar eng ko‘pni tashkil qiladi. Ulardan ko‘pchiligi ko‘chada yashashga majbur bo‘lmoqda.

Boshqarma ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yildan beri Venesuelani 2,7 mlndan ko‘proq odam tark etgan, ulardan 1,1 mlnga yaqini Kolumbiyaga qochgan.

23 fevralda Karakas Bogota bilan munosabatlarni uzgan va diplomatik xodimlarni chiqartirib yuborgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid