Sport | 23:55 / 08.03.2019
14421
2 daqiqa o‘qiladi

Dzyudochilarimiz Marokash Gran-prisining dastlabki kunida ikkita oltin medalni qo‘lga kiritishdi

Foto: skrenshot / IJF

Dzyudo bo‘yicha Marokash Gran-pri turnirida o‘zbekistonlik dzyudochilar musobaqaning birinchi kunida ikkita oltin medalni qo‘lga kiritishdi.

-60 va -66 kggacha vaznda qatnashgan dzyudochilarimizdan Sharafuddin Lutfillayev va Sardor Nurillayevlar barcha raqiblarini yengib oltin medalga ega chiqishdi.

-60 kggacha vaznda tatamiga chiqqan Sharafuddin Lutfillayev finalgacha ikki marokashlik, fransiyalik, tunislik, britaniyalik dzyudochilarni yengib, bosh sovringa ega chiqdi. Lutfillayev finalda ukrainalik A.Lesiukni vazari bahosi bilan yengdi.

Foto: skrenshot / IJF
Foto: skrenshot / IJF

-66 kggacha vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan ikki sportchimiz Shahram Ahadov va Sardor Nurillayevlar o‘z guruhlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, chorakfinalda o‘zaro bellashishdi. Bu bahsda Sardor Nurillayevning qo‘li baland keldi va u yarimfinalga chiqdi. Shahram Ahadov bronza medali uchun o‘tish bosqichidan o‘tib bronza uchun bahsda Serikxanov Yerlanga yutqazdi. 

Nurillayev yarimfinalda Beslan Mudranovni, finalda esa misrlik A.Muhammadni ippon bilan yengib gran-prining oltin medalini qo‘lga kiritdi. 

Foto: skrenshot / IJF
Foto: skrenshot / IJF
Foto: skrenshot / IJF

Mavzuga oid