Light | 17:48 / 08.03.2019
32020
3 daqiqa o‘qiladi

Haftasiga bir soatdan shug‘ullanib bir yil ichida nimaga erishish mumkin?

Hayotning u yoki bu sohasida muvaffaqiyatga erishish uchun ancha ter to‘kishga to‘g‘ri keladi. Yutuqlar mehnatni talab qiladi. Muvaffaqiyatga erishishni bir necha mayda bo‘laklarga ajratib chiqilsa nima bo‘ladi? Ularni har kuni muntazam ravishda amalga oshirilsachi? Ba'zida o‘zgarishlar uchun biz o‘ylagandan kamroq zo‘r berish talab etiladi.

Foto: Pixabay

O‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonch

Bu jihat to‘laqonli va mazmunli hayot kechirish imkonini beradi. Bunday ko‘nikmani rivojlantirish zarur bo‘ladi. Quyidagi amaliyot uchun 8 daqiqa ajrating:

Foto: Pixabay

O‘zingizni maqtang

Xarakteringizning kuchli jihatlari, iste'dod, ko‘nikma va natijalarni o‘rganing. Ularni yon daftarchaga yozib olganingiz ma'qul.

Yuzdagi imo-ishoralar va harakatlaringiz ustida ishlang.

Foto: Pixabay

Onglilik

Biz shaxsiy fikrlar, reaksiya va xotirjamligimiz uchun mas'ulmiz. O‘zingiz ong ravshanligi va bir ishga diqqatni qaratish qobiliyatini rivojlantirishga qodirsiz. Onglilik odamlar va olam bilan munosabatlarni yaxshilash, voqealarga ijobiy tomondan yondashish va qiyinchiliklardan xulosa chiqarib, ularni yengishda yordam beradi. Kunda 8 daqiqa mashq qilish – shuning o‘zi yetarli. Sizga nafas mashqlari, nafas sikllariga diqqatni qaratish yordam beradi. Kundalik ichki sukunat hayotingiz sifatini sezilarli darajada yaxshilab, xotirjamlik beradi.

Foto: Pixabay

Ijod

Har birimiz ijodiy salohiyatimizni kashf etishga qodirmiz. Buning uchun e'tibor va vaqt zarur. Ijod bilan shug‘ullanish – xordiq chiqarish, kuch va quvvatga to‘lishning a'lo usuli. Salohiyatni kashf etish o‘z-o‘zingizga beradigan bahoni oshiradi. O‘zingizni yaxshiroq anglashni boshlaysiz.

O‘zingizni ijodga bag‘ishlash uchun har kuni vaqt ajrating. Faqat maqsad qo‘ymang. Shunchaki rasm chizing, raqsga tushing va she'rlar yozing. Qo‘shiq ayting, ertaklar to‘qing va tikish bilan shug‘ullaning. Ijodiy quvvatni har qanday ko‘rinishda aks etishi kayfiyatingizni ko‘taradi.

Mavzuga oid