Sport | 17:41 / 08.03.2019
24221
3 daqiqa o‘qiladi

UYeFA «Ayaks» va «MYu»ning uchinchi golidagi bahsli vaziyatlar bo‘yicha izoh berdi

UYeFA YeChL 1/8 finali javob uchrashuvlarida kuzatilgan hakamlarning bahsli qarorlari yuzasidan tushuntirish berdi.

«Real» – «Ayaks» (1:4)
62-daqiqa: to‘p yon chiziqni kesib o‘tgani yoki o‘tmagani

«VAR brigadasi turli rakurslardan tasvirga olingan barcha videoyozuv va suratlarni puxta o‘rganib chiqishdi. Ulardan hech biri to‘p maydon tashqarisiga to‘liq chiqib ketgani bo‘yicha aniq dalilni bera olmadi.

Vaziyatni eng optimal nuqtadan turib kuzatgan yordamchi referi ham to‘p chiziqni to‘liq kesib o‘tmaganini tasdiqladi. Shuning uchun videotakrorga murojaat qilishga ehtiyoj bo‘lmadi. Binobarin, hakam vaziyatga aralashmay, golni hisobga olib, to‘g‘ri qaror chiqardi», – deyiladi UYeFAning rasmiy bildirishida.

Eslatib o‘tamiz, ushbu goldan keyin o‘yinda yana ikkita to‘p kiritildi va yakuniy hisob 1:4 ko‘rinishiga kelib, chorak finalga «Ayaks» yo‘l oldi.

«PSJ» – «MYu» (1:3)
91-daqiqa: penalti belgilanishi

«VAR hakamlari turli rakurslardan tasvirga olingan barcha videoyozuv va suratlarni tekshirib, bosh hakamga vaziyat videotakrorini ko‘rishni tavsiya etdi. Referi o‘sha vaziyat yuz bergan vaqtda uni aniq baholay olmagani (VAR protokolida hakam aniq ko‘rmay qolgan jiddiy voqelik sifatida qayd etildi) tufayli videotakrorga murojaat qildi.

Videotakrorlarni kuzatgach, hakam to‘p bosib o‘tgan masofa qisqa bo‘lmagani, demak zarba kutilmaganda ro‘y bermaganligini tasdiqladi. Himoyachining qo‘li tanasiga yaqin joylashmagandi, natijada uning tana korpusi kengroq bo‘lgan va bu bilan darvozaga qarab ketayotgan to‘p to‘xtatib qolingan. Referi shuning uchun penalti belgiladi», - deya izoh bergan UYeFA.

Hal qiluvchi penaltini Markus Reshford muvaffaqiyatli amalga oshirgach, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «MYu» sensatsion ravishda YeChL chorak finaliga chiqdi.

Mavzuga oid