Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada elektr bilan bog‘liq muammolar sababli juma dam olish kuni deb e'lon qilindi
Venesuela hukumati aksariyat shtatlarda elektr ta'minotida uzilishlar bo‘lishi sababli 8 mart juma kunini dam olish kuni deb e'lon qildi. Bu haqda mamlakat vitse-prezidenti Delsi Rodriges ma'lum qildi.
"Prezident Nikolas Maduro imperialistik elektr urushi qurboni bo‘lgan elektr ta'minotini tiklashga ko‘maklashish uchun bugungi ish kunini bekor qildi", - deb yozdi Rodriges Twitter sahifasida.
Rodrigesning qayd etishicha, bu chora faqat bir kun amal qiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Karakasning ayrim hududlarida elektr ta'minoti tiklangan.
Venesuelada elektr bilan bog‘liq uzilishlar mamlakatdagi eng yirik "El-Guri" GESida sodir bo‘lgan avariya bilan bog‘liq. Mamlakat milliy elektr energiya korporatsiyasi bu voqeani Venesuelaga qarshi energetik urush deb atadi.
Avvalroq Nacional gazetasi Venesuelaning 23 shtatidan 21tasida hamda poytaxt Karakasda elektr ta'minoti o‘chganini xabar qilgandi.
Mavzuga oid
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025
AQSh Oliy sudi venesuelalik migrantlar deportatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi
11:02 / 28.03.2025
Venesuela prezidenti AQSh davlat kotibini «ahmoq» deb atadi
22:09 / 26.03.2025