Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish jarayoni takomillashtiriladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish jarayonini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berishda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida elektron auksionni o‘tkazish reglamenti tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 iyuldagi 443-son “Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqiga litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” qaroriga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritiladi.
Belgilanishicha, ushbu qarorda ko‘rsatilgan normalar:
2019 yil 1 iyuldan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan aniqlangan noruda foydali qazilmalar konlari;
2020 yil 1 yanvardan barcha noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalari bo‘yicha kuchga kiradi.
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berishda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida elektron auksionni o‘tkazish reglamentiga ko‘ra, savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali foydalanish huquqi realizatsiya qilinadigan noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalari ro‘yxati Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan shakllantiriladi va har yili 1 fevralgacha tasdiqlanadi.
Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan shakllantirilgan ro‘yxat noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalari joylashgan tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda joyida o‘rganiladi va natijasida elektron onlayn-auksion qo‘yish mumkinligi to‘g‘risidagi xulosa tayyorlanadi.
Tasdiqlangan ro‘yxatga kirmagan noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalari bo‘yicha litsenziya olish uchun buyurtma kelib tushgan hollarda Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan tegishli tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda o‘rganib chiqiladi va 10 kun muddatda tegishli qaror qabul qilinadi.
Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalari ro‘yxati tasdiqlangandan so‘ng:
5 kun mobaynida har bir yer qa'ri uchastkasi bo‘yicha tegishli ma'lumotlarni tayyorlaydi;
1 kun mobaynida yer qa'ri uchastkasidan foydalanish huquqini auksionga qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkasidan foydalanish huquqini auksionga qo‘yish to‘g‘risidagi qarorda quyidagilar ko‘rsatiladi:
noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkasining nomi (yoki raqami) va joylashgan joyi (geografik koordinatali nuqtalari bilan Google xarita dasturida geolokatsiya);
noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkasidan foydalanish maqsadi;
noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkasi joylashgan joyning fotosurati (15x20 sm);
noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkasining maydoni (gektarda);
noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqini savdoga qo‘yishning boshlang‘ich narxi;
yer qa'ri uchastkasidan foydalanish namunaviy shartlari.
Davlat geologiya qo‘mitasi tegishli ma'lumotlar tayyorlangandan so‘ng 2 kun mobaynida operatorga yer qa'ridan foydalanish huquqini realizatsiya qilish bo‘yicha auksion tashkil qilish haqidagi elektron buyurtmani muvofiq shaklda taqdim qiladi.
Ko‘rsatilgan hujjatlar to‘plami Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan to‘liq bo‘lmagan holda taqdim etilsa, yer qa'ridan foydalanish huquqini realizatsiya qilish bo‘yicha auksion tashkil qilish haqidagi elektron buyurtmani qabul qilish rad etilishi mumkin.
Mazkur holatda operator buyurtmani olgandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmasdan buyurtmani bartaraf etilishi lozim bo‘lgan kamchiliklarni ko‘rsatgan holda Davlat geologiya qo‘mitasiga qaytaradi.
Davlat geologiya qo‘mitasi operator tomonidan qayd etilgan barcha kamchiliklarni 3 kun mobaynida bartaraf etib, buyurtmani ushbu Reglament talablariga muvofiq takroran operatorga yuboradi.
Operator belgilangan talablarga javob beradigan buyurtma va unga ilova qilingan hujjatlarni olgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay elektron onlayn-auksionni o‘tkazish haqidagi xabarnomani o‘zining veb-portaliga joylashtiradi.
Davlat geologiya qo‘mitasi talabgorlarni auksionda ishtirok etishga keng jalb qilishga doir choralarni ko‘radi, shu jumladan, olingan hujjatlar va axborotni auksionda ishtirok etish uchun buyurtma joylashtiriladigan Internet portal manziliga tayangan holda o‘z rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
Mavzuga oid
13:48 / 18.04.2025
Hududlarda yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi
16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi
11:13 / 31.03.2025
Tomorqadan samarasiz foydalanganlarga ko‘riladigan choralar ishlab chiqildi
11:33 / 28.03.2025