Sport | 10:40 / 09.03.2019
13654
1 daqiqa o‘qiladi
Marselo «Yuventus»ga ketishi haqidagi xabarlarga izoh berdi
«Real»ning braziliyalik himoyachisi Marselo klubni tark etishi haqidagi xabarlarni inkor qildi.
Avvalroq, Portugaliya matbuoti Marseloning «Yuventus» bilan 4 yillik shartnomani kelishib olgani va 30 yoshli futbolchi transferi 45 million yevroni tashkil qilishi haqida yozgan edi.
Marselo instagram sahifasida «Real» mashg‘ulotlaridan olingan suratini joyladi va: «Bu mening uyim», deb yozdi.
Eslatib o‘tamiz, Marselo 2007 yildan beri «Real» sharafini himoya qilmoqda. Bu mavsumda u asosiy tarkibdagi o‘rnidan ajraldi.
Mavzuga oid
21:26 / 17.05.2024
«Yuventus» Allegrini iste’foga chiqardi
23:01 / 28.07.2023
UYeFA «Yuventus»ni Konferensiyalar ligasidan chetlatdi
23:14 / 14.07.2023
«Yuventus» Superliga g‘oyasidan voz kechdi – loyiha ham «o‘limiga» yaqinlashmoqda
11:43 / 19.05.2023