Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasida yangi rahbarlar ish boshladi
O‘zbekiston Prezidentining farmoyishiga asosan Kurbanov Abdujalil Tuxtamurodovich Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar qildi.
Abdujalil Kurbanov hozirgi kunga qadar Davlat soliq qo‘mitasida boshqarma boshlig‘i lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.
U 2018 yilning iyulidan 2019 yilning fevraligacha Toshkent viloyati DSI boshlig‘i bo‘lgan Kahramon Amonovich Xo‘jayev o‘rnida ish boshlaydi.
Abdujalil Kurbanov 1974 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. U 1996 yilda Samarqand moliya kollejini, 2008 yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini tamomlagan.
Soliq tizimidagi faoliyatini 1996 yilda Navoiy viloyati Zarafshon shahar davlat soliq inspeksiyasida boshlagan A.Kurbanov 23 yil davomida turli mas'ul va rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
Shu bilan birga, Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib Inagamov Alovitdin Xusnitdinovich tayinlandi.
A.Inagamov 1980 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2002 yilda Toshkent soliq kollejini, 2009 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.
U 2002 yildan buyon soliq tizimidagi 17 yillik mehnat faoliyati davomida Toshkent shahri Chilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari hamda shu kunga qadar Bektemir tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.