Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Liverpul» 4ta gol urib g‘alaba qozondi va «Siti» bilan oradagi farqni qisqartirdi
Angliya Premer-ligasining 30-turida «Liverpul» «Byornli»ni qabul qildi. Liverpuldagi «Enfild» stadionida kechgan uchrashuv mezbonlarning 4:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
O‘yinning 6-daqiqasidayoq «Byornli» himoyachisi Eshli Vestvud hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida Salohning sa'y-harakatlaridan keyin Roberto Firmino muvozanatni tikladi. Tanaffus arafasida Sadio Mane «Liverpul»ni oldinga olib chiqdi. 67-daqiqada Firmino dublni rasmiylashtirdi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda mehmonlar hujumchisi Yoxann Gudmundsson bitta javob goli urdi, ikki daqiqa o‘tib Mane o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.
«Liverpul» Angliya chempionatidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi (5 g‘alaba va 4 durang) va ochkolari sonini 73taga yetkazib oldi, endi Yurgen Klopp shogirdlari turnir jadvali peshqadami «Manchester Siti»ni 1 ochkolik farq bilan ta'qib qilmoqda. «Byornli» qatorasiga uchinchi o‘yinda mag‘lub bo‘ldi va 30 ochkosi bilan 17-o‘rinda qoldi.
Angliya chempionati
30-tur
Liverpul – Byornli 4:2 (2:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 6 Vestvud, 1:1 – 19 Firmino, 2:1 – 29 Mane, 3:1 – 67 Firmino, 3:2 – 90 Gudmundsson, 4:2 – 90 Mane.
Liverpul – Alisson, van Deyk, Matip, Aleksander-Arnold (Starridj, 86), Roberson, Veynaldum (Xenderson, 68), Lallana (Keyta, 77), Fabino, Mane, Salax, Firmino.
Byornli – Hiton, Bardsli, Tarkovski, Teylor, Mi, Xendrik (Gudmundsson, 79), Vestvud, Kork, Barns (Vydra, 86), Vud (Krauch, 79), Maknil.
Ogohlantirishlar: Alisson (7), Fabino (71).
Mavzuga oid
12:21 / 16.03.2023
«Liverpul» yana bir sharmandalikdan qutulib qoldi, ammo keyingi bosqichga «Real» o‘tdi. YeChLda kun o‘yinlari
19:42 / 07.11.2022
«Liverpul» klubi sotuvga qo‘yildi
14:35 / 23.08.2022
«Qarorgohimizda jodugar bor». «Liverpul» inqirozining 3 ta sababi
23:13 / 30.07.2022