Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tunis sog‘liqni saqlash vaziri tug‘ruqxonada 11 nafar chaqaloq vafot etganidan so‘ng iste'foga chiqdi
Tunis sog‘liqni saqlash vaziri Abdul Rauf ash Sharif mamlakat poytaxtidagi akusherlik va neonatologiya markazida bir sutkada 11 nafar chaqaloq vafot etganidan so‘ng iste'foga chiqdi. Bu haqda TAP agentligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, mamlakat bosh vaziri Yusef Shahid vazirning iste'fosini qabul qilgan.
Shanba kuni Tunis sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakat poytaxtidagi akusherlik va neonatologiya markazida 7-8 mart kunlari 11 nafar chaqaloq o‘lik holda topilganini ma'lum qilgandi. Hozirda mazkur hodisa sabablarini aniqlash va aybdorlarni topish uchun maxsus komissiya ish boshlagan.
Agentlikning qayd etishicha, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, chaqaloqlar septik shok oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.
Mavzuga oid
23:13 / 19.10.2024
Turkiyada 21 nafar chaqaloq shifokorlarning jinoiy guruhi qurboni bo‘ldi
12:24 / 20.02.2024
O‘zbekiston va Tunis mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdi
13:24 / 25.10.2023
Yerosti hovli uylarida yashaydigan odamlar – Tunisdagi Matmata shahri haqida
18:17 / 09.08.2023