Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Humo Arena» muz saroyi shu haftada ochiladi, ammo qurilish ishlari keyin ham davom etadi
Toshkent shahrining Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab harakatlanish cheklanishi 31 martga qadar davom etadi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi matbuot xizmati xabar bergan.
«Hurmatli hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari!
Avval xabar berganimizdek, poytaxtda «Humo Arena» muz saroyi qurilishi munosabati bilan Beshyog‘och maydonining Furqat ko‘chasidan - Afrosiyob ko‘chasigacha bo‘lgan masofada transportlar harakati cheklanishi 31 martga qadar uzaytirildi. Qurilish va maxsus texnika transportlari bundan mustasno.
Yuzaga keladigan noqulayliklar uchun poytaxt ma'muriyati uzr so‘raydi», deyilgan xabarda.

«Humo Arena» muz saroyi 15 mart kuni ochiladi, ochilish marosimida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabrida «Humo Arena» kompleksi qurilishi munosabati bilan barcha turdagi avtomobillarga 2018 yilning 17 dekabridan 2019 yilning 1 martiga qadar Beshyog‘och ko‘chasining Furqat ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasiga qadar harakatlanish cheklangandi.
Qayd etish kerakki, Toshkentda Humo Arena ko‘p tarmoqli muz saroyini qurish ishlari 2017 yilning fevralida boshlangandi. Qurilish ishlari reja bo‘yicha 2018 yilning 31 dekabrigacha yakunlanib, inshoot foydalanishga topshirilishi kerak edi. O‘tgan yilning avgustida ham Toshkent shahri hokimligi matbuot xizmati «Humo Arena» muz saroyi 2018 yil oxiriga qadar ishga tushirilishi haqida xabar bergandi. 2018 yil oxirida qurilish ishlari yakuni keyingi yilning bahorigacha kechikishi ma'lum bo‘lgandi.
Shahar hokimligining oxirgi xabariga ko‘ra, qurilish ishlari ochilish marosimidan keyin ham davom ettiriladi.
Mavzuga oid
20:55 / 14.01.2025
Beshyog‘och bozori o‘rnida biznes markazi qurish taklif etildi
21:36 / 11.10.2024
Toshkentda birinchi marta KXL o‘yini o‘tkaziladi
20:30 / 13.09.2024
«Humo Arena» oldidagi ko‘chalarda avtomobillar harakati cheklanadi
15:39 / 27.11.2023