Jahon | 14:44 / 11.03.2019
5794
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston prezidenti mamlakatda sud-huquq islohotlari o‘tkazilishini ma'lum qildi

Foto: RIA Novosti

Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov respublikadagi sudyalar islohotlar o‘tkazilishiga to‘sqinlik qilishmoqda deb hisoblaydi. U Qirg‘iziston sudyalarining qurultoyida ana shunday bayonot bilan chiqdi.

"Mamlakatda jiddiy islohotlarning amalga oshirilishi sud tizimining adolatli ishlashini ta'minlashga asoslanadi. Ayrim yaxshi islohotlar sudyalarning adolatsizligi sababli to‘xtab qolgan holatlar kuzatildi", - dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday vaziyatda jamoatchilik mavjud holatni o‘zgartirishni haqli ravishda talab qiladi.

"Shu bois biz qat'iy ravishda sud-huquq islohotini o‘tkazamiz", - dedi Qirg‘iziston prezidenti.

U qiyinchiliklarga qaramasdan sud islohotini "oxiriga yetkazishini" ma'lum qildi.  

"Har qanday islohot qiyinchiliklar bilan bo‘ladi, biz bunday murakkab islohotni ilk bor o‘tkazmoqdamiz", - dedi u.

Avvalroq Qirg‘iziston prezidenti sudyalarga hadis aytib bergani xabar qilingandi.

Mavzuga oid