Jahon | 00:37 / 12.03.2019
5364
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Venesueladagi “demokratik jarayonlar”ga 500 mln dollar ajratishni rejalashtirmoqda 

Foto: RIA Novosti

AQSh davlat departamentining 2020 moliyaviy yilga budjet loyihasi Venesueladagi “demokratik o‘tish”ga 500 mln dollar ajratilishini ko‘zda tutadi. Bu haqda davlat kotibi o‘rinbosari Jon Sallivan ma'lum qildi. 

“2020 moliyaviy yil uchun budjet Venesueladagi demokratiyani qo‘llab-quvvatlashga mablag‘larni ko‘zda tutadi va demokratik o‘tishni qo‘llab-quvvatlashga ko‘proq mablag‘larni taqdim qiladi”, deb aytgan Sallivan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid