Jahon | 17:34 / 12.03.2019
3723
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada bombalar jo‘natilishi bo‘yicha javobgarlikni irland ayirmachilari o‘z zimmalariga olishdi

Foto: Andrew Milligan/PA via AP

O‘tgan haftada London aeroporti va Glazgo universiteti portlovchi qurilmalar solingan jo‘natmalar yuborilishi bo‘yicha javobgarlikni o‘zini Irlandiya respublikasi armiyasi deb atovchi guruh o‘z zimmasiga oldi. bu haqda Skotlend-Yard ma'lum qildi.

Politsiyaning bildirishicha, 5 va 6 mart kunlari Londondagi uchta bino hamda Glazgo universitetiga portlovchi qurilma solingan jo‘natmalar kelgan. Shimoliy Irlandiya OAVda chop etilgan bayonotga ko‘ra, buning uchun javobgarlikni IRA zimmasiga olgan. 

Qayd etilishicha, kichik quvvatli portlovchi qurilmalar joylangan jo‘natmalar ilgari Shimoliy irlandiyalik terrorchilar tomonidan yuborib turilgan. 

"Bizga ma'lum bo‘lishicha, ushbu holat uchun javobgarlikni zimmalariga olgan shaxslar beshta qurilma jo‘natishganini xabar qilishgan. Hozircha pochta orqali to‘rtta jo‘natma yetib kelgan", - deyiladi Skotlend-Yard bayonotida.

5 mart kuni Londondagi Xitrou va Siti aeroportlarida hamda Vaterloo vokzalida qo‘lbola portlovchi qurilma solingan xatjildlar aniqlangan. 6 mart kuni ana shunday xatjild Glazgo universitetiga kelgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid