Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi ikkita bozorda O‘zbekiston va Tojikistondan kelgan o‘nlab migrantlar qo‘lga olindi
Moskva politsiyasi maxsus kuchlari va migratsiya xizmati «Sadovod» bozori hamda «Moskva» savdo markazida keng ko‘lamli reyd o‘tkazdi.
Xabarlarga ko‘ra, «bir necha o‘nlab migrantlar ushlandi, ular mamlakatda bo‘lish tartibiga rioya qilingani, shuningdek, bir qator jinoyatlarga aloqadorlik bo‘yicha tekshirilmoqda».
Rossiya agentliklarining ma'lumotlariga ko‘ra, 11 mart kuni ertalab taxminan soat 5:00lar atrofida politsiya va migratsiya xizmati vakillari ichida bo‘lgan yuzga yaqin avtobus bozorlarga kelgan. Politsiya bozorni o‘rab olgan va unga odamlarni kiritmagan.
«Axbor» tojik agentligi xabariga ko‘ra, politsiya reydining asosiy maqsadi katta miqdorda pul yuvishda gumonlanayotgan bozor rahbarlarini qo‘lga olish edi.
Politsiya va migratsiya xizmati xodimlari, bozor rahbarlaridan tashqari, oddiy migrantlarni ham qo‘lga olishgan.
Ba'zi OAV xabariga ko‘ra, bu reydlar 8 mart kuni Moskvaning Marino tumanida mehnat migrantlari o‘rtasida ro‘y bergan ommaviy tartibsizliklardan keyin o‘tkazildi. Ommaviy mushtlashuvlar vaqtida o‘qotar quroldan uch kishi yaralandi.
Bundan oldin, Moskvada o‘zbekistonlik ikki migrant politsiyachilar tomonidan kaltaklangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
23:26 / 19.05.2025
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
18:19 / 09.05.2025