O‘zbekiston | 14:52 / 13.03.2019
18849
2 daqiqa o‘qiladi

Kasblar va lavozimlar klassifikatoriga qo‘shimchalar kiritildi

Foto: KUN.UZ

Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga qo‘shimchalar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
 
Qayd etilishicha, o‘zgartirishlar kiritilishi kutilayotgan edi, sababi 2019–2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2019 yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan edi.
 
Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga xizmatchilarning uchta yangi lavozimi kiritildi: ichki turizm gid-ekskursovodi, turizmning faol turlari bo‘yicha yo‘riqchi-kuzatuvchi va ichki turizm ekskursovodi. O‘rta maxsus kasb-hunar ma'lumotiga ega shaxslar ushbu lavozimlarda ishlashlari mumkin.
 
Eslatib o‘tamiz, xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori:

• xizmatchilarning lavozimlari va ishchilar kasblari nomlaridan foydalanish qismida xodimlarning mehnat daftarchalariga yozuvlarni qayd etish, mehnat shartnomalarini tuzish, buyruqlarni rasmiylashtirish, xizmatchilarning lavozimlarini xodimlar toifalariga kiritish chog‘ida majburiy hisoblanadi;
• ishga qabul qilishda, ishchilar kasblari bo‘yicha malaka razryadlarini belgilashda minimal ma'lumot darajasi qismida davlat korxonalari, davlat muassasalari va ustav kapitalida davlat ulushi 50%dan ortiq bo‘lgan boshqa davlat tashkilotlarida qo‘llash uchun majburiy hisoblanadi, boshqa tashkilotlar uchun esa – tavsiya tusiga ega;
• ma'lumot yo‘nalishlari qismida – barcha tashkilotlar uchun tavsiya tusiga ega. 
 
Hujjat 28.02.2019 yildan kuchga kirdi.

Mavzuga oid