Jamiyat | 17:13 / 13.03.2019
12701
2 daqiqa o‘qiladi

Osborn Textile korxonasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti kafedra filiallari ochildi

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti professor-o‘qituvchilari hamda talabalaridan iborat delegatsiya Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan XK “Osborn Textile” MChJda bo‘ldi. 

Institut jamoasi hamda ushbu korxona vakillari bilan o‘tkazilgan davra suhbatida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti prorektori U.Abdullayev, professor A.Parpiyev hamda boshqalar ta'lim va amaliyot uyg‘unligini ta'minlashda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni haqida fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.  

Shuningdek, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti va XK “Osborn Textile” MChJ o‘rtasida tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi, yigirish texnologiyasi, to‘qimachilik matolari texnologiyasi, texnologik mashinalar va jihozlar kafedralari filiallarini ochish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. 

Mazkur shartnoma bandlariga ko‘ra, sifatli kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot ishlari yo‘nalishlarida korxonaning dolzarb muammolarini hal etish, institut professor-o‘qituvchilarini malakasini oshirish va stajirovkasini tashkil etish hamda institut talabalari o‘rtasida amaliyotni tashkil etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish belgilab olindi. 

Shu kuni XK “Osborn Textile” MChJ direktori R.Normatov institut delegatsiyasini korxona ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishtirdi. Ushbu korxona turli tolalar xomashyosidan boshlab tayyor mahsulot ishlab chiqaradi, deb ta'kidlaydi R.Normatov. Shuningdek, tayyor mahsulotlar jahon andozalariga mos ravishda eksport qilinishi ham aytib o‘tildi.

 

Mavzuga oid