Toshkentda soxta brilliant toshlarni 15 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ikki shaxs ushlandi

Illyustrativ foto
9 mart kuni soat 17:30da O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti bo‘limiga xabar kelib tushdi, deb ma'lum qilmoqda poytaxt IIBB matbuot xizmati.
Xabarda ma'lum qilinishicha, 23 yanvar kuni soat 17:00da mas'uliyati cheklangan jamiyat rahbari 48 yoshli B.B. va 64 yoshli L.Ye. 43 yoshli M.G.ga 2 dona brilliant xarid qilishni taklif etishgan. Brilliant sifatida esa hech qanday qiymatga ega bo‘lmagan ikkita qora toshlar ko‘rsatilgan. Oldi-sotdi vaqtida jabrlanuvchidan 15 ming AQSh dollari olayotganda ular qo‘lga olindi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi Davlat asillik darajasini belgilash palatasining xulosasiga ko‘ra, toshlar qimmatbaho hisoblanmaydi va hech qanday qiymatga ega emas.
Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Mavzuga oid

08:42 / 26.05.2025
Yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

08:37 / 26.05.2025
Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

21:32 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi

07:40 / 21.05.2025