Sport | 16:37 / 14.03.2019
7574
2 daqiqa o‘qiladi

Marat Bikmayevning goli OChLda haftaning eng chiroyli goli bo‘lishga nomzod bo‘ldi

O‘tgan hafta «Lokomotiv» sardori Islom To‘xtaxo‘jayevning «Al Vahda»ga urgan goli Osiyo Chempionlar Ligasida haftaning eng chiroyli goli deb topilgandi. Bu haftada yana bir o‘zbekistonlik futbolchi OChLda haftaning eng chiroyli goli muallifiga aylanishi mumkin.

«Paxtakor» hujumchisi Marat Bikmayevning «Al Ahliy» darvozasiga jarima zarbasidan urgan goli Osiyo Chempionlar Ligasida haftaning eng chiroyli goli bo‘lishga nomzodlar qatoriga kiritildi.

OFK saytida o‘tkazilayotgan so‘rovnomada Bikmayevning golidan tashqari «Al Zavra» futbolchisi A'lo Abbosning «Al Vasl» darvozasiga urgan goli, «Al Vahda» futbolchisi Ismoil Matarning «Al Ittihod» darvozasiga urgan goli va «Shandon Lunen» futbolchisi Sho Itoning «Kashima Antlers»ga urgan gollari ham kiritilgan. Hozircha 1 475 kishi qatnashgan so‘rovnomada Marat Bikmayevning goli 32% ovoz to‘plab, ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Mavzuga oid