O‘zbekiston | 09:29 / 14.03.2019
1392
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston delegatsiyasi BMT Narkotik moddalar bo‘yicha komissiyasi sessiyasida ishtirok etadi

2019 yilning 14-22 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi vakillaridan iborat delegatsiya BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (BMT NJB) Narkotik moddalari bo‘yicha komissiyasining Vena shahrida bo‘lib o‘tadigan 62-yillik sessiyasida ishtirok etadi.

Mamlakatning Avstriyadagi elchixonasi ma'lumotlariga ko‘ra, tadbir doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi BMT bosh kotibi o‘rinbosari, NJB ijrochi direktori Yuriy Fedotov, ShHT bosh kotibi Vladimir Norov, qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari va BMT NJB bo‘linmalari boshliqlari bilan uchrashuv o‘tkazishi kutilmoqda.

18 mart kuni sessiya doirasida narkotik moddalar tarqalishiga qarshi kurash bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi va ushbu sohadagi mintaqaviy hamkorlikka bag‘ishlangan xalqaro seminar bo‘lib o‘tadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid