Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Osiyo davlatlari bo‘ylab erkin harakatlanish uchun “Silk Visa” tartibi joriy etiladi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida amal qiluvchi Shengen viza kabi tizim Markaziy Osiyo mintaqasida “Silk Visa” nomi ostida joriy etiladi. Bu haqda Markaziy Osiyo iqtisodiy forumida axborot berildi.
Qozog‘iston madaniyat va sport vazirligi sanoat va turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari M.To‘libayevga ko‘ra, ushbu vizani amaliyotga kiritish bo‘yicha texnik tayyorgarlik boshlab yuborilgan. “Silk Visa” bojxona faoliyatini yengillashtiradi, ortiqcha navbat kutish va qog‘ozbozlikning oldini oladi.
Forum davomida O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish qo‘mitasi rahbari A.Oqqulov turistik oqimni kuchaytirish bo‘yicha qator takliflar bilan chiqdi.
“Markaziy Osiyo mintaqasida turizmni rivojlantirish uchun jamoatchilik bilan aloqalar va marketing tarmoqlari faoliyatini jadallashtirish kerak. Mintaqadagi turistik hududlar to‘g‘risida jahon hamjamiyatiga to‘liq ma'lumot yetkazish juda muhim hisoblanadi. Transport va turistik xizmatlarni ko‘rsatishda yagona tizimning yo‘qligi soha ildamlashuviga to‘siq bo‘lmoqda. Shu maqsadda qo‘shni respublikalarni o‘zaro hamkorlikka chaqiramiz”, dedi u.
Oqqulov yaqin ikki yil ichida O‘zbekistonning turistik imkoniyatlari o‘sganligini qo‘shimcha qildi. Unga ko‘ra, 64 davlat fuqarolari uchun mamlakat bo‘ylab vizasiz tartib joriy etildi. Viza olishning elektron tizimi ham yo‘lga qo‘yilish arafasida. Bunda bir martalik viza 20 AQSh dollari, ikki martalik viza 35 AQSh dollari va ko‘p martalik viza 50 AQSh dollariga baholanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Qozog‘iston bilan hamkorlikda Silk Visa tartibini yo‘lga qo‘yishi, u 2019 yilning fevral oyidan amalda qo‘llanilishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
16:40 / 14.05.2025
Haj va Umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringan sayyohlik firmalari aniqlandi
17:42 / 12.05.2025