Sport | 01:03 / 15.03.2019
9748
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropa ligasi. "Chelsi" 8 gol bilan chorakfinalga chiqdi, "Krasnodar" 93-daqiqada gol o‘tkazib, musobaqani tark etdi

Foto: Getty Images

Yevropa ligasi 1/8 finali javob o‘yinlari doirasida navbatdagi uchrashuvlar o‘tkazildi. 

Ilk o‘yinda 3:0 hisobida g‘alaba qozongan "Chelsi" "Dinamo Kiyev" maydonida ham ham yirik hisobda g‘alaba qozondi – 0:5.

"Krasnodar" esa o‘z maydonida "Valensiya"ni qabul qilib, 93-daqiqada gol o‘tkazib yuborilgan gol evaziga, musobaqani tark etdi – 1:1. Jamoalar o‘rtasidagi ilk uchrashuv "Valensiya"ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi. 

"Red Bull" esa o‘z maydonida "Napoli"ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Ilk uchrashuvda 3:0 hisobida g‘alaba qozongan "Napoli" ikki o‘yin natijasiga ko‘ra keyingi bosqichga yo‘l oldi. 

Dinamo Kiyev – Chelsi 0:5
Gollar: 0:1 – 5 Jiru, 0:2 – 33 Jiru, 0:3 – 45 Alonso, 0:4 – 59 Jiru, 0:5 – 78 Xadson-Odoi.
Ilk uchrashuv: 0:3.

Krasnodar – Valensiya 1:1
Gollar: 1:0 – 85 Suleymanov, 1:1 – 90 Gedesh.
Ilk uchrashuv: 1:2

Red Bull – Napoli 3:1
Gollar: 0:1 – 14 Milik, 1:1 – 25 Dabur, 2:1 – 65 Gulbrandsen, 3:1 – 90 Lyaytgeb.
Ilk uchrashuv: 0:3.

Mavzuga oid