Jahon | 19:09 / 16.03.2019
6445
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Berluskoni ishi bo‘yicha guvohlik berishi kerak bo‘lgan ayol radioaktiv moddalardan zaharlanib vafot etgan

Foto: Aleksey Vitvitskiy/ RIA Novosti

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni ishi bo‘yicha guvoh bo‘lgan marokashlik raqqosa Imon Fadil «radioaktiv moddalar aralashmasidan» vafot etgan. Bu haqda Italiya prokuraturasiga tayanib ANSA agentligi xabar berdi.

2013 yilda Berluskoni voyaga yetmagan Karima al-Marug‘ ismli qiz bilan aloqada bo‘lgani uchun yetti yilga ozodlikdan mahrum qilingan. 2014 yilda sobiq bosh vazirning advokatlari hukm bekor qilinishiga erishishgan, ammo prokuratura yangi ish qo‘zg‘agan. Bu safar Berluskoni yolg‘on ko‘rsatma berish uchun guvohlarni sotib olishda ayblangan.

Imon Fadil yangi ish bo‘yicha guvohlardan biri bo‘lgan. The Times gazetasining yozishicha, Fadil Italiya sobiq bosh vaziri Milan yaqinidagi villasida tungi bazmlarda xizmat qilgan ayollar jim yurishlari uchun ularga katta miqdorda pul berganligi haqida guvohlik berishi kerak bo‘lgan. U bazmlar mehmonlariga ham og‘zini yumib yurishlari uchun pul bergan. Tergov taxminiga ko‘ra, Berluskoni buning uchun 10 mln yevro sarflagan.

Ammo 29 yanvarda Fadil shifoxonaga tushgan va 1 mart kuni vafot etgan.

Toksikologik ekspertiza xulosasiga ko‘ra, o‘limga «radioaktiv moddalar aralashmasi» sabab bo‘lgan.  

Avvalroq Silvio Berluskoni yana korrupsiyaga aloqadorlikda gumonlanayotgani xabar qilingandi

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid