Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiyadagi terakt haqidagi so‘zlari uchun avstraliyalik senatorga tuxum uloqtirildi
Avstraliyalik senator Freyzer Enning o‘ziga tuxum uloqtirgan o‘smirni kaltakladi, deb yozadi news.com.au.
Voqea siyosatchining Melburnda jurnalistlar oldida chiqishi paytida yuz bergan. O‘smir Enningning ortidan kelib uning boshiga pishmagan tuxum uloqtirgan.
Someone has just slapped an egg on the back of Australian Senator Fraser Anning's head, who immediately turned around and punched him in the face. @politicsabc @abcnews pic.twitter.com/HkDZe2rn0X
— Henry Belot (@Henry_Belot) March 16, 2019
Senator unga javoban o‘smirga tashlanib bir necha bor zarba bergan, siyosatchining tarafdorlari esa o‘smirni yerga qulatishgan.
O‘smir politsiya tomonidan qo‘lga olingan va keyinroq qo‘yib yuborilgan.

Qayd etilishicha, Avstraliya parlamentida Kvinslend shtati nomidan chiquvchi Enning qo‘shni Yangi Zelandiyada sodir etilgan terakt haqida keskin fikr bildirgan.
Senator ushbu hodisaning asl sababi mamlakatdagi qurol savdosi bo‘yicha qonunlar emas, mutaassib musulmonlarning ommaviy migratsiyasi ekanligini aytgan. Keyinroq Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison uning so‘zlarini «jirkanch», uning nuqtai nazarini esa mamlakat parlamenti uchun nomunosib deb atagan.
Mavzuga oid
11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
12:24 / 30.04.2025
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti
21:25 / 28.04.2025